Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda tuman deputati G.Suvonqulova Birlashgan mahallasida faoliyatini boshlagan yangi o‘quv markazida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yana-da rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida yoshlarga ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlar tilab, ularning kelgusida yuksak malakali, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirildi.