O‘rganish davomida bandligi ta’minlanmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🌐Shuningdek, "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi doirasida yoshlarning ta’lim olishi, mehnat bilan bandligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔰Kengash raisi Sh.Dadaboyev yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini tizimli hal etish, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda har bir yosh bilan manzilli ishlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
✅O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.
⚠️Bunday o‘rganishlar hududlarda yoshlar bandligini oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.