35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-15-9-11-167-K/26-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar amaliy natija ko‘zga tashlanmayapti.
Mazkur qarorga muvofiq:
Guliston MFY elektr ta'minotini yaxshilash uchun:
1 dona GKTP-250/6-0,4 kV transformator;
10 dona temir-beton tayanch ustuni;
500 metr SIP-2 (3×70 mm) kabeli;
800 metr AS-35 mm simi
ajratilishi belgilangan bo‘lib, buning uchun 157,5 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Shuningdek,
Do‘stlik MFY uchun:
1 dona KTPS-160/6-0,4 kV transformator;
8 dona temir-beton tayanch ustuni
o‘rnatilishi hamda 72,5 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Qarorda ushbu ishlarni bir oy muddatda amalga oshirish belgilangan bo‘lsa-da, oradan bir necha oy o‘tganiga qaramay, fuqarolar hali ham kutilgan natijani ko‘rmayapti.
Eng achinarlisi, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga xarid qilingan transformatorlar, tayanch ustunlari va elektr tarmoqlari uchun mo‘ljallangan jihozlar amaliyotga joriy etilish o‘rniga, foydalanilmay qolmoqda. Ayrim joylarda esa bu materiallar uzoq vaqt davomida ochiq maydonda saqlanib, ustini o‘t bosgan holatga kelgani davlat mulkiga nisbatan mas'uliyatsiz munosabat emasmi, degan haqli savollarni tug‘dirmoqda.
Davlat mablag‘i — xalq mablag‘i. U har bir so‘mi bilan fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. Uni foydalanmasdan yerda qoldirish yoki ijroni asossiz cho‘zish nafaqat iqtisodiy samarasizlik, balki davlat ishonchiga putur yetkazuvchi holat hisoblanadi.
Bugun Prezidentimiz tomonidan "xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan tamoyil ilgari surilgan bir vaqtda, Kengash qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi har bir mas'ul tashkilotning ustuvor vazifasi bo‘lishi shart.
Quvasoy shahar elektr tarmoqlari korxonasi mazkur masala yuzasidan:
qaror ijrosi nega kechikayotgani;
ajratilgan uskunalar va mablag‘larning bugungi holati;
ishlarning aniq qachon yakunlanishi
bo‘yicha Kengashga, jamoatchilikka ochiq va asosli xisobot berishi maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga shahar Kengashining Tegishli doimiy komissiya majlisi va Navbatdagi sessiyasida holat yuzasidan hisoboti tinglanadi.
Kengash qarori qog‘ozda qolmasligi, ajratilgan davlat mablag‘lari esa amaliy natijaga aylanishi zarur. Zero, Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarning haqiqiy samarasi aynan joylardagi mas'uliyat, intizom va ijro bilan belgilanadi.
Slide 1 of 1