35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muhamedov Hamidulla Habibullayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan 19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, muammolarini aniqlash va “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Turon mahalla fuqarolar yig‘inida jami 2454 ta xonadon mavjud bo‘lib, hududda 8639 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 4112 nafari erkaklar, 4527 nafari ayollarni tashkil etadi.

Mahalladagi demografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra:

✅maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar — 807 nafar;
✅voyaga yetmaganlar — 1350 nafar;
✅14–30 yoshdagi yoshlar — 1743 nafar;
✅60 yosh va undan katta keksalar — 1060 nafar.

Xotin-qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganish jarayonida mahallada 1060 nafar ayol pensioner, 166 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro mavjudligi, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish davomida mahallada 44 nafar ishsiz fuqaro, shundan 21 nafar ishsiz yoshlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, 28 nafar fuqaro mehnat migratsiyasiga ketgani ma’lum bo‘ldi.

Mahalladagi tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi ham o‘rganilib, hududda 76 ta tadbirkorlik subyekti, 42 ta savdo do‘koni, 6 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 7 ta o‘quv markazi, 2 ta dorixona, 3 ta sartaroshxona faoliyat yuritayotgani aniqlandi.

Infratuzilma holati bo‘yicha mahallada jami 6,8 kilometr ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, shundan 6,8 kilometri asfalt qoplamali yo‘llardan iborat. Shuningdek, hududda 6 ta transformator mavjud bo‘lib, 2454 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi va tabiiy gaz tarmog‘i bilan ta’minlangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash holatini o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3