35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Quyitosh mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Xususan, aholi muammolarini tizimli hal etish, murojaatlar ijrosini nazorat qilish, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlashda kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4