35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada Ko'chama-ko'cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 4-"Obod turmush" saylov okrugi deputati O.Ishpo'latovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Obod turmush" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi Ko'chama-ko'cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko'chama-ko'cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar va har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2