35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, davlat dasturlari va Prezident hamda Hukumat qarorlari ijrosi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, suv ta’minoti tizimini yaxshilash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish, mahalliy budjet masalalari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, viloyat Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ekspert guruhi a’zolari, Yoshlar maslahat guruhi vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Slide 1 of 4