35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#Kotibiyat_faoliyati
#19¹_modda
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasasi faoliyati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Obod yurt" mahallasi hududida joylashgan 28-son umumta’lim maktabi faoliyati deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining holati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, pedagogik jamoa faoliyati, moddiy-texnik baza, kutubxona va boshqa infratuzilma obyektlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab hududining obodonlashtirilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati jarayonida maktab faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi. Ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarga zamonaviy va sifatli ta’lim berish uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlik nazorati davlat organlari va ta’lim muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, fuqarolarning ta’lim sifati va ta’lim muassasalari faoliyatiga oid taklif hamda murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 5