35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Beruniy MFYdagi Beruniy ko‘chasida 1200 metr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev navbatdagi sessiya oldidan “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ–298-son qarori hamda Jizzax viloyati Kengashi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallani tadbirkorlik faoliyati uchun namunali hududga aylantirish maqsadida Respublika budjetidan ajratilgan 5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, loyiha ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3