35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev "Xastimom" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev "Xastimom" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev o‘zi saylangam okrugdagi "Xastimom" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda aholi farovonligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini joyida o‘rgandi.

🤝 Unda deputat mahalla raisi boshchiligidagi "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni xonadonbay o‘rganish, aholi murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil fikr almashdilar. Muloqot davomida "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishi hududni kompleks rivojlantirish va har bir oilaning muammosiga individual yondashishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

📚 Uchrashuv jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Xususan, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimlar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, sport va ijtimoiy infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritgichlari, jamoat transporti, elektr energiyasi, gaz, ichimlik va issiq suv ta’minoti, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, chiqindilarni olib chiqish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, investitsiya loyihalari, aholi bandligi hamda jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Murojaatlar yuzasidan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarurat tug‘ilganda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

💬 Xalq vakili bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan mahalla tizimiga, ayniqsa "mahalla yettiligi" faoliyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, har bir murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi muammolarni qonunchilik asosida tizimli hal etish deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7