35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi

Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta tayyorlash maqsadida Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
Kengashi kotibiyati mudiri A.Ibragimov tomonidan kun tartibiga kiritilgan masala, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i A.Allamuratov tarafidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tegishli hujjatlar, hisob-kitoblar va taqdim etilgan ma’lumotlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, Bo‘zatov tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘larning sarflanish yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganish olib borilib, mablag‘larni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, maqsadli va samarali yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish jarayonida taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ko‘rsatkichlarning asoslanganligi hamda sessiyada muhokama qilinadigan masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar va izohlar olish, hujjatlarni to‘ldirish hamda sessiyaga sifatli tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur sessiya oldi o‘rganish ishlari xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalarning har tomonlama puxta tayyorlanishi, qabul qilinadigan qarorlarning asosli va samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2