35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z. Shodmonov tomonidan Bog‘ishamol mahallasi Qoramirza qishlog‘ida amalga oshirilayotgan oqar suv tarmog‘i qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha to‘liq va samarali faoliyat yuritishi uchun suv nasoslarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish ustunlari (simyog‘ochlar) va elektr tarmog‘ini barpo etish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masalani qisqa muddatlarda hal etish hamda oqar suv tarmog‘ini o‘z vaqtida ishga tushirishni ta’minlash maqsadida Paxtakor tuman elektr ta’minoti korxonasiga deputatlik so‘rovi kiritildi.

Deputatlik so‘rovida zarur elektr infratuzilmasini yaratish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma'lumot taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 1