35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuvda "Iste'mol krediti toʻgʻrisida"gi Qonun mazmuni tushuntirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
3-Oqboʻyra saylov okrugi deputati Shukurjon Maxmudov tomonidan deputat soʻrovi chiqarildi
янв.21
Deputat saylovchilarga o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 13-Bo‘z saylov okrugi deputati D. Ergasheva o‘z saylov okrugi hududidagi Mingchinor mahallasi U.Nosir ko‘chasida mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Muloqotlar davomida xonadonlar atrofi, ko‘cha bo‘ylari va umumiy foydalanish hududlarini ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, begona o‘t-o‘lanlarni o‘z vaqtida tozalash hamda yashil hududlarni asrab-avaylash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, fuqarolar obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga, o‘z yashash hududiga mas'uliyat bilan yondashishga va mahallaning yanada obod hamda fayzli bo‘lishiga hissa qo‘shishga chorlandi.

Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan bunday sa'y-harakatlar mahallalarda ozoda va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3