35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuvda "Iste'mol krediti toʻgʻrisida"gi Qonun mazmuni tushuntirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
3-Oqboʻyra saylov okrugi deputati Shukurjon Maxmudov tomonidan deputat soʻrovi chiqarildi
янв.21
Deputat saylovchilarga o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugida mahalla muammolarini o‘rganish davomida bugungi kunning navbatdagi va yakuniy manzili — Paxtachi ko‘chasi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi M.Kalbayev bilan birgalikda ko‘chaboshi M.Jabbarbergenov bilan suhbatlashib, hududdagi mavjud holat va aholi uchun dolzarb masalalarni muhokama qildi.

💡 Muloqot davomida ko‘chani asfaltlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 Ko‘chaboshi tomonidan bildirilgan taklif deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.

“Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugidagi qolgan ko‘chalarda mavjud muammolar va aholi takliflarini o‘rganish ishlari davom etadi.