Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish masalalari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "3-Olchin" saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan "Olchin" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash va ularni sport hamda kasb-hunarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 16–30 yoshdagi 1 024 nafar yosh istiqomat qilishi, 2026-yilning o‘tgan davrida 2 nafar yoshning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovlari qoplab berilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 700 nafardan ortiq yosh “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga jalb etilgan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahallada joylashgan 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Sulton Junior” futbol klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda 200 nafar yosh muntazam sport bilan shug‘ullanmoqda.

🐝 O‘rganish jarayonida deputat tashabbusi va bevosita ko‘magida mahallani asalarichilikka ixtisoslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, mahalla binosida yoshlarni asalarichilik sirlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish ishlari boshlangan bo‘lib, mazkur tashabbus yoshlarning kasb egallashi va bandligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

✅ O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5