35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev o‘ziga biriktilgan investitsiya dasturi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuvda "Iste'mol krediti toʻgʻrisida"gi Qonun mazmuni tushuntirildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
3-Oqboʻyra saylov okrugi deputati Shukurjon Maxmudov tomonidan deputat soʻrovi chiqarildi
янв.21
Deputat saylovchilarga o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
#jarayon
#jarayon

“Marifat” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati Anis Hamidovning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 11-Marifat saylov okrugi hududidagi “Marifat” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔹Jarayonda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Slide 1 of 3