35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Kotib

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan Buxoro, Navoiy, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida mahalliy Kengashlar faoliyatini oʻrganish yakunlari yuzasidan onlayn seminar oʻtkazildi.

Senatning 2026-yil 14-iyuldagi 22-06/2877-sonli xatiga muvofiq, mazkur seminarda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi M.Yuldasheva, Kengash kotibiyati mudiri Sh.Shomaxmudov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Nurmatov va kotibiyat bosh mutaxassisi J.Kuchkarov ishtirok etishdi.

Seminar davomida shunchaki hisobotlar emas, balki hududlarda oʻtkazilgan monitoring jarayonida aniqlangan tizimli kamchiliklar va ularning huquqiy oqibatlari atroflicha tahlil qilindi:

Mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinayotgan ayrim qarorlarning amaldagi qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi, vakolat doirasidan chetga chiqish holatlari koʻrsatib oʻtildi.

Qarorlarni loyihalashda yuridik-texnik talablarga toʻliq rioya etilmasligi, bandlarning noaniq yoki ikki xil maʼnoni anglatuvchi tarzda shakllantirilishi tanqid qilindi.

Normativ ahamiyatga ega qaror loyihalarini adliya bo‘limi tomonidan beriladigan ekspirtiza xulosasiga asosan tasdiqlanishi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Oliy Majlis Senati tomonidan tashkil etilgan mazkur tahliliy seminar Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati vakillari uchun amaliy dars vazifasini oʻtadi.

Seminarda oʻrtaga tashlangan tanqidiy tahlillar va monitoring natijalaridan kelib chiqib, kotibiyat tomonidan muhim xulosalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3