35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan asosiy huquqlardan biridir. Ushbu konstitutsiyaviy huquqning amalda ta’minlanishi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni orqali tartibga solinadi.

Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari, davlat muassasalari, boshqa tashkilotlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilish, murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ularga qonuniy javob berish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslar ariza, taklif va shikoyat shaklida murojaat qilish huquqiga ega. Har bir murojaat belgilangan tartibda qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi, qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda xolisona, har tomonlama va to‘liq ko‘rib chiqilishi hamda murojaatchiga asoslantirilgan javob berilishi shart.

Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaat qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashning yagona va shaffof tizimini yaratish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirish, shuningdek fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdan iborat.

Mazkur Qonunga ko‘ra, murojaatlar:

  • qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi;
  • vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan xolisona hamda har tomonlama o‘rganiladi;
  • murojaatda ko‘rsatilgan har bir masalaga huquqiy baho beriladi;
  • murojaatchiga qonuniy va asoslantirilgan javob taqdim etiladi;
  • zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.

Qonun murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni, murojaatlarni asossiz rad etmaslikni hamda ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqishni majburiy talab sifatida belgilaydi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimida qonuniylik, xolislik, shaffoflik, tezkorlik, murojaatchining huquq va manfaatlarini hurmat qilish hamda davlat organlarining javobgarligi asosiy tamoyillar hisoblanadi.

Eslatma: Murojaat — jismoniy yoki yuridik shaxsning ariza, taklif yoki shikoyat shaklida davlat organlari, tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga yo‘llagan murojaatidir.