Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
“Yangiyer” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul tomonidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan hamkorlikda “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi PQ–141-sonli qarori asosida “Yangier” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mahalla mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5