Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qahramon MFYda aholini ijtimoiy ta'minlash masalalari yuzasidan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
11-Ko‘mirchi saylov okrugida sessiya qarori ijrosi va deputat so‘rovi natijasi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich, tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich, Kotibiyat bosh mutaxassisi Jumaniyozov Xazratbek Raxmanovich hamda tuman Kengashi deputati Axmedov Baxodir Xayitboevich tomonidan 👉Hazorasp tumani Mustaqillik mahallasida bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida aholini, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash ishlari, mavjud dori zaxiralari, ularning belgilangan tartibda tarqatilishi hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
📁Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning bu boradagi fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bepul dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar belgilandi.
✅Mazkur o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1