Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qahramon MFYda aholini ijtimoiy ta'minlash masalalari yuzasidan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
11-Ko‘mirchi saylov okrugida sessiya qarori ijrosi va deputat so‘rovi natijasi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Paxtakor” mahallasi hududida joylashgan 9-OShPda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati X.Shayimova, tuman Nogironlar jamiyati hamda Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida deputatlik so‘rovi asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida Guliston tibbiyot klasterining 12 nafar malakali shifokori ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mahalla fuqarolaridan 100 nafarga yaqin aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli yo‘nalishlarda davolanish va sog‘lomlashtirish choralari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Slide 1 of 5