Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fayziobodda yangi zamonaviy savdo majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Najot taʼlimda
янв.21
Mirfozil MFYdagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi murojaatlari asosida deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Sertut MFYdagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Obod MFYdagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasida umumfoydalanishdagi bino va kanalizatsiya tizimi o‘rganildi.
янв.21
Deputat Zarxal mahallasidagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Oltiariq tumani Shodiyona MFY xududida aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
YOSHLAR KELAJAGIMIZ: 10-SON MAKTABDA “90 KUNLIK YOSHLAR TADBIRI” BOʻLIB OʻTDI

Urganch shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “90 kunlik yoshlar tadbiri” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati darajasida koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, taʼlim va sport yoʻnalishlarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlarning kelajakdagi rejalari, intilishlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi. Deputat yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.