Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliev Fayziobod mahallasida PQ-298 qarori ijrosi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
O‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILGAN MUAMMO O'Z YECHIMINI TOPDI
янв.21
Sport maktabidagi ta'mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat tomonidan saylov okrugidagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining Oltiariq tuman tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasi foydalanishga topshirildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan fidoyilar e’tirof etildi
янв.21
Oltiariq tuman Tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasiga xududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Tinchlik” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini “yashil” ta’mirlash ishlari bilan qamrab olish masalasi muhokama qilindi.

Doimiy komissiya raisi A.Mahkamov raisligida o‘tgan yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni va 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi. Mazkur hujjatlarga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan, I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida xonadonlarning tom va devorlari issiqlikni saqlovchi materiallar bilan izolyatsiya qilinadi, energiya tejamkor eshik va derazalar o‘rnatiladi. Shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlar bilan ta’minlash orqali oilalarning energiya xarajatlarini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Marg‘ilon shahrining 11 ta mahallasida joylashgan 4 ta ko‘p qavatli uy va 7 ta hovli uyda istiqomat qilayotgan “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub fuqarolar ushbu dasturdan foydalanadi.Ta’mirlash ishlari ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7