Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlati tuman Kengashi deputati A.Yursunov Ko‘mirchi MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish holatini o‘rgandi.
янв.21
24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali o‘rganildi.
янв.21
Oltiariq tuman Kengashi vakillari Mustaqillik MFYdagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandilar.
янв.21
Maʼorif MFYda elektr taʼminoti holati oʻrganildi
янв.21
Fidoyi ustoz bilan uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlarga chorladi
Fuqarolar qabuli o'tkazildi

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sattarova
Dinara Jumanazarovna tomonidan Gulzor mahallasi binosida sayyor qabul tashkil etildi.
 

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar mahalla “yettiligi”, ijro organlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholini qiynab kelayotgan qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. 

Shuningdek, yechimi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaat yuzasidan deputat fuqaro xonadoniga borib, uning ijtimoiy ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Murojaatni qonuniy asosda hal etish maqsadida
tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
 

Mazkur sayyor qabul aholining muammolarini tizimli hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda xalq manfaatlarini
ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi.
  

Slide 1 of 1