Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi  Umedjon Barnoyev boshchiligida tumanda sanoat salohiyatini yanada oshirish, ayniqsa, ishlab chiqarish quvvatini pasaytirgan yoki faoliyati to‘xtatgan korxonalar oldida turgan muammolarni tezkor hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash maqsadida tumandagi yirik sanoat korxonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, "Qahramon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “WBM ROMITEX DIROMM” MCHJ faoliyati bilan tanishishdi.

Tashrif davomida mas’ul xodimlar korxonadagi yangi ish o‘rinlari, texnologik jarayonlar va eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliy xomashyo ulushi va bozor talabiga mos ravishda mahsulot assortimentini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorni qiynayotgan muammolar, subyekt faoliyatini yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.
 

Slide 1 of 1