Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
XOTIRA VA QADRLASH KUNI — AJDODLAR XOTIRASIGA EHTIROM, YOSHLAR QALBIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USIBugun, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tuman Axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Bugun, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tuman Axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, 9203-harbiy qism, jangchi faxriylar hamda 1-son texnikum hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda nuroniylar, faxriy harbiylar, yoshlar, ta’lim muassasalari vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va bugungi dorilomon kunlar yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylarining xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mashaqqatli mehnati va fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, inson qadri, ajdodlarimizning jasorati hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish masalalari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Faxriylar va nuroniylar tomonidan yoshlarga hayotiy tajribalar, sabr-toqat, mardlik va fidoyilik haqida samimiy fikrlar bildirildi. Ularning ta’kidlashicha, bugungi tinch va farovon hayotning qadri har bir inson qalbida chuqur his etilishi, ayniqsa yoshlar tomonidan ajdodlar xotirasiga hurmat va e’tibor doimo yuksak bo‘lishi zarur.

Tadbir davomida turli avlod vakillarining bir davrada jam bo‘lishi o‘ziga xos ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Keksa avlodning boy hayotiy tajribasi, o‘rta avlodning fidokorona mehnati hamda yoshlarning ezgu intilishlari bir nuqtada uyg‘unlashib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birdamlik yanada mustahkamlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda ma’naviy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari va chiqishlar ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tarixiy xotirani asrab-avaylash, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash hamda yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Tuproqqal’a tumanida yoshlarni ma’naviy yetuk, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3