Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
Qonun bajarilishi amalda

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Intizor Abdullayeva joriy yilning 5-may kuni Kenagas mahallasida joylashgan 11-maktabda pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi 33-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, fuqarolarning moliyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni atroflicha tushuntirildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari hamda moliyaviy savodxonlikni yuksaltirishning dolzarb ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, pedagoglarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish muhim vazifa ekani qayd etildi. 

Slide 1 of 1