Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
#MahalliyKengash #Deputatlik_faoliyati #Doimiy_komissiya

Mahalliy Kengash faoliyatini yaxshiroq tushunish uchun ushbu ikki tuzilmaning vazifalari va o‘rni bilan tanishib chiqamiz 👇

🔹 Doimiy komissiya

— Kengashning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi

— Muayyan yo‘nalishlar (masalan, byudjet, ijtimoiy soha, ekologiya) bo‘yicha ishlaydi

— Qarorlar loyihasini ko‘rib chiqadi va tavsiyalar beradi

— Nazorat funksiyasini amalga oshiradi

👉 Ya’ni, doimiy komissiya — bu sohaviy tahlil va nazorat organi

🔹 Deputatlik guruhi

— Siyosiy partiyaga mansub deputatlardan tashkil topadi

— Partiya manfaatlari va dasturini ilgari suradi

— Kengashda muayyan pozitsiyani shakllantiradi

— Qarorlar qabul qilishda siyosiy yondashuvni ifodalaydi

👉 Ya’ni, deputatlik guruhi — bu siyosiy pozitsiyani ifodalovchi tuzilma

📊 Qisqa xulosa:

Doimiy komissiya — sohaga oid masalalarni chuqur o‘rganadi va nazorat qiladi.

Deputatlik guruhi esa — siyosiy qarashlar asosida qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi.

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati.