Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
Doimiy komissiya yig'ilishi

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

 🗣 Uchtepa tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator muhim va ustuvor masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

 💬 Kun tartibidan o‘rin olgan “Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalliy byudjetining 2026-yil I chorak yakunlari ijrosi to‘g‘risida” keng qamrovli tarzda muhokama qilinib, byudjet ijrosida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan qat’iy pozitsiya bildirildi.

 ↗️ Shuningdek, “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masalasi doirasida hudud moliyaviy resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ularni eng dolzarb ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirish masalalari deputatlar tomonidan alohida e’tibor markaziga olindi.

 🔼 Bundan tashqari, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Tashabbusli byudjet dasturi doirasida deputat tashabbusi loyihasi sifatida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi masalasi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishda fuqarolarning faolligini rag‘batlantirish va ularning dolzarb muammolarini hal etishda deputatlik tashabbuslarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

 🇺🇿 Yoshlar masalasi esa doimiy e’tibor markazida bo‘lib, “Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida kalendar-rejaga kiritilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ‘Yoshlar daftari’ jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ham tizimli va amaliy takliflar ilgari surildi.

 📁 Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan asosli xulosalar qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha bir ovozdan tavsiyalar berildi.

 💼 Mazkur yig‘ilish deputatlarning hudud taraqqiyotiga daxldorligini, ularning mas’uliyatli va tashabbuskor yondashuvini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, qabul qilinayotgan qarorlar aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni barqaror rivojlantirish va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6