Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlati tuman Kengashi deputati A.Yursunov Ko‘mirchi MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish holatini o‘rgandi.
янв.21
24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali o‘rganildi.
янв.21
Oltiariq tuman Kengashi vakillari Mustaqillik MFYdagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandilar.
янв.21
Maʼorif MFYda elektr taʼminoti holati oʻrganildi
янв.21
Fidoyi ustoz bilan uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlarga chorladi
#nazorat tadbiri #o'rganish

Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi hamda shahardagi 41 ta mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlarining xizmat faoliyati deputatlik o‘rganishidan o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Abdujabbor Djurayev hamda Zuhra Pulatova tomonidan o‘tkazilgan mazkur o‘rganishda asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

📉 Soliq qarzdorligini qisqartirish: Mahallalardagi soliq inspektorlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qarzdorligini undirish, muddati o‘tgan to‘lovlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi;📂 Hujjatlar bilan ishlash: Soliq inspektorlarining xizmat faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar, xatlov dalolatnomalari va hisobotlarning yuritilish holati;

⚖️ Qonun ustuvorligi: Undiruv jarayonlarida qonun talablariga rioya etilishi hamda fuqarolarning huquqlari himoya qilinishi.

O‘rganish davomida deputatlar soliq inspektorlarining ish yuklamasi va mahallalardagi real holatni tahlil qildilar. Yakunda soliq bazasini kengaytirish va qarzdorlikni kamaytirishda "Soliqchi — ko‘makchi" tamoyili asosida ish tashkil etish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5