Mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida hudud deputati S.Jurayeva mahalla inspektori hamrohligida hududni atroflicha ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mavjud muammolar o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Masala yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda qonunchilik talablari asosida muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.
Aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Mazkur murojaat ijrosi yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.