Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
Samarqandda yangi taraqqiyot bosqichi: global o‘zgarishlar, ustuvor vazifalar

📌Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichi belgilab berildi. Unda hududni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli, investitsiya va eksport bo‘yicha yetakchi viloyatga aylantirish asosiy maqsad sifatida qayd etildi. 

  📌Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi global o‘zgarishlar — geosiyosiy keskinliklar, logistika zanjirlarining uzilishi, energiya resurslari va transport xarajatlarining oshib borayotgani iqtisodiyotlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, dunyoda xavfsiz va barqaror mamlakatlarga bo‘lgan talab ortib borayotgani yangi imkoniyatlarni ham ochmoqda. Bunday sharoitda hududlarning ichki salohiyatiga tayanib, tezkor va samarali qarorlar qabul qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 

  📌So‘nggi oylarda mamlakatda amalga oshirilgan yirik loyihalar va islohotlar hududlar taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratayotgani qayd etildi. Biroq bugungi talablar eski yondashuvlardan voz kechib, yanada yuqori samaradorlik bilan ishlashni taqozo etmoqda. 

  📌Samarqand viloyatida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta moliyaviy resurslar safarbar etilmoqda. Bu mablag‘lar, eng avvalo, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, tumanlar salohiyatini zamonaviy usullar, jumladan sun’iy intellekt asosida tahlil qilish va har bir hudud uchun alohida rivojlanish modelini joriy etish vazifasi qo‘yildi. 

  📌Alohida e’tibor sanoati past bo‘lgan hududlarga qaratildi. Narpay, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida sanoatni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va servis sohasini kengaytirish bo‘yicha maxsus dasturlar amalga oshiriladi. 

  📌Qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu bilan birga, turizm sohasini yanada rivojlantirish, Samarqandni xavfsiz va jozibador yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish orqali sayyohlar oqimini keskin oshirish maqsad qilingan. 

  📌Umuman olganda, global o‘zgarishlar sharoitida belgilangan mazkur vazifalar Samarqand viloyatini barqaror, raqobatbardosh va aholisi farovon hududga aylantirishga xizmat qiladi.

Nasiba Mo’minova, viloyat Kengashi bo’lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati

🌐 https://t.me/uzlidep_samarqand