Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi raisi X.Raximov rahbarligida haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Halollik va adolat bosh mezonimiz bo'lishi lozim!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Uzumchi mahallasini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat saylovchilariga hisobot berdi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📄 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va uni amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovnaga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

✅ Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” 2023-yil 1-maydagi OʻRQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida” 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida” 2014-yil 5-maydagi OʻRQ-369-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-445-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi OʻRQ-457-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida” 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-499-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son Qonuni;

✅Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2013-yil 22-apreldagi OʻRQ-350-son Qonuni.

📃 Mazkur eng muhim qonunlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanishidan asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini yanada mustahkamlash, qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni taʼminlashdan iborat.

📊 Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Astanova Muborak Sherkulyevna mas’ul etib biriktirildi. Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1