Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.
Sessiyada mutasaddi tashkilotlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan kiritilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
📌 Qarorga muvofiq:
– 62 ta mahalladagi ijtimoiy xodimlarni zarur texnika vositalari bilan ta’minlash maqsadida kompyuter jamlanmalarini xarid qilish uchun 465 mln so‘m mablag‘ ajratildi
⚡️ Shuningdek, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida:
– “Yo‘g‘ontepa” va “O‘zbekiston” MFYlarga 160/10 kVA transformator punktlari o‘rnatish uchun 60 mln so‘m
– “Orlot” va “Mohpar” MFY hududlariga 100/10 kVA transformator punktlari xarid qilish uchun 110 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)