Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi raisi X.Raximov rahbarligida haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Halollik va adolat bosh mezonimiz bo'lishi lozim!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Uzumchi mahallasini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat saylovchilariga hisobot berdi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman prokurori katta yordamchisi R.Xusinovning tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish va ularning omillarini bartaraf etish borasida 2026-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Axborotda qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tumanda jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 51,8 foizga oshib, 173 tani tashkil etgan. Shundan 39 tasi yoki 22,5 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, ayrim jinoyat turlari, xususan o‘g‘irliklar 12 taga, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, bezorilik va boshqa turdagi jinoyatlar qayd etilgani, ayrim holatlarda mas’ullar tomonidan profilaktik ishlar yetarli darajada olib borilmagani tanqidiy ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, jinoyatlarni yashirish holatlariga chek qo‘yilib, 27 ta jinoyat hisobdan yashirilgani aniqlanib, ro‘yxatga olingan.

Profilaktik tadbirlar doirasida 16 toifadagi 5 816 nafar fuqarolar bilan manzilli ishlar olib borilib, tumandagi 62 ta mahallaning 3 tasi “qizil”, 21 tasi “sariq” va 38 tasi “yashil” toifaga ajratilgan.

Nazorat tadbirlari davomida 8 ta tekshiruv o‘tkazilib, 445 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada 10 ta protest, 8 ta taqdimnoma kiritilib, 16 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 21 nafar mas’ul shaxs ogohlantirilgan.

Shu bilan birga, 82 ta jinoyat ishi bo‘yicha 107 nafar shaxsga nisbatan ishlar sudga yuborilgan.

Sessiyada jinoyatchilikni jilovlash, ayniqsa mahallalarda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sonini kamaytirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 3