🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi, mahalliy kengash deputati Sattarxo‘ja Akbarov tuman markazidan olis hudud - “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” xodimlari, nuroniylar, ko‘chaboshilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Deputat mahalla faollari bilan bugungi kundagi dolzarb masalalar: umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining davomati, tozalik, obodonlashtirish, farzand tarbiyasi, kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘yicha bajarilayotgan amaliy ishlarga o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek hozirda xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan onlayn muloqotlarlarni tashkil etish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
🔹Davra suhbatida prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘smir-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish ishlarini yanada jonlantirish xususida fikrlar almashildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati