Oʻrganishda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov doimiy komissiya a’zolari va kotibiyati mudiri A.Ermatov hamrohligida shahar davlat kadastr bo‘limlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, xodimlar faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlar bilan ishlash hamda ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.