Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi

ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 1-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farhod Absalomovich Navoiy viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika loyihasi bilan tanishdi.

Mazkur loyiha aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, tibbiy turizmni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ko‘p tarmoqli klinikada zamonaviy tibbiy uskunalarni joriy etish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shu kuni ZARAFSHAN GOLDEN GROUP kompaniyasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida jami 3 ta yirik investitsion loyiha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda hudud infratuzilmasiga qo‘shadigan hissasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan loyihalarni amalga oshirishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, investitsiya jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va aholi manfaatlarini ustuvor deb bilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, zamonaviy klinika tashkil etilishi viloyatda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 8