Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Chilolnzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovnaga Navbahor 3-tor ko‘chasi 85-, 87- va 158-sonli ko‘p qavatli uylar hududida joylashgan bolalar maydonchalarining holati yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.Mazkur murojaatlar asosida okrug deputati tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida bolalar maydonchalari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, o‘yin jihozlari eskirgani hamda ayrim konstruksiyalar xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, hudud obodonlashtirish va zamonaviylashtirish ishlariga muhtoj ekani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi, ayniqsa yosh bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish maqsadida okrug deputati tomonidan belgilangan tartibda tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

️Deputat so‘roviga muvofiq quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish so‘ralgan:

bolalar maydonchalarini kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish;

xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy o‘yin jihozlari bilan jihozlash;

hududda kompleks obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

️Mazkur masala deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 1