Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida!

Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari I. Tokareva, Z. Shodiyeva, J. Achilov hamda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Mahmudova ishtirokida partiyaning faol xotin-qizlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan soʻnggi yillarda qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Mahmudova ham soʻzga chiqib, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda joylarda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

️Muloqot jarayonida faol xotin-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan ayollarni himoya qilish, ularga huquqiy, psixologik hamda ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

️Deputatlar tomonidan tazyiqqa uchragan ayollar bilan ishlash tizimi, himoya orderini rasmiylashtirish tartibi, reabilitatsiya jarayonlari hamda ularni jamiyatga moslashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bunday holatlarning barvaqt oldini olishda mahalla institutlari, jamoatchilik va davlat organlarining oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

️Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 1