Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
Viloyat Kengashi deputati Samarqand shahrida Urguti mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Viloyat Kengashi deputati Samarqand shahrida Urguti mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Unda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdulleva ishtirok etdi.

✅Suhbat davomida uchta asosiy muammo ko‘tarildi. Jumladan, Panjakent ko‘chasi boshlanishida joylashgan, xalq tilida “Non bozorchasi” deb ataladigan avtobus bekatida yo‘lovchilar uchun yetarli sharoit mavjud emasligi ta’kidlandi. Yog‘ingarchilik va jazirama issiq kunlarda bu holat aholi hamda sayyohlarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

✅Shuningdek, mahalla hududidagi elektr transformatorini 400 lik TPga almashtirish masalasi to‘lov amalga oshirilganiga qaramay 5–6 oydan beri hal etilmayotgani bildirildi. Ichki ko‘chalarni asfaltlash zarurati ham dolzarb masala sifatida qayd etildi.

✅Uchrashuv davomida deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

✅Shu bilan birga, Ramazon oyi munosabati bilan viloyat deputati Samarqand shahridagi Urguti, Yominiy va Zominiy mahallalarida istiqomat qiluvchi bemorlar, nogironlar hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatdi.

✅Mazkur uchrashuv va xayriya tadbirlari aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlardagi muammolarni hal etishga xizmat qildi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4