Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

 8-Lutfiy okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylar tom qismi ta’mirga muhtojligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaat asosida okrug deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna, mahalla faollari va uy egalari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish natijasida Lutfiy ko‘chasi 7-, 3-, 10-uylar, Bog‘iston 1-uy hamda Baynalminal ko‘chasi 57-uylarning tom qismlari aholi salomatligi va mulk xavfsizligi nuqtai nazaridan tezkor ta’mirlanishi zarurligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 8-Lutfiy okrugi deputati tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.  

Unda muammoni atroflicha o‘rganib chiqish hamda tomlarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. 

Masala deputat nazoratiga olindi.