Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”

Xalq deputatlari tuman kengasi deputati, 1-Sh.Rashidov saylov okrugi deputati, tuman hokimi Darvishev Shavkat To‘rayevich saylovchilari bilan Muhtaram Prezidentimizning “Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.” so‘zlarini shior qilib, tumanning barcha mahallalarida uchrashuvlar tashkil etmoqdalar.

Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati bilan birga tumanning kelgusi rejalari, yoshlar va ayollar bandligi, yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlari, zamonaviy loyihalar haqida saylovchilarga axborot berib, hududlardagi saylovchilar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaat va takliflar kelib tushdi.

Har bir murojat va taklif atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etilmoqda. Murojatlarning yechimi qo‘shimcha o‘rganish talab etgan holatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga murojat etilib ijrosi nazoratga olingan.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor yechim topish hamda deputatlar, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi

Slide 1 of 5