Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla va deputatlar hamkorligi – hudud taraqqiyotining muhim omilidir!
янв.21
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
янв.21
Navbaxor mahallasida infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzum ko‘chat yetishtirish serdaromad biznesga aylanmoqda
янв.21
Sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri
янв.21
Navbahor mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbahor MFYda dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi
янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 25-fevral kuni O'zbekiston XDP vakillari bilan birgalikda Xalq depuatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati tomonidan Boyovul mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda "O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining mahalliy Kengash deputatlari bilan bo'lib o'tgan uchrashida belgilab berilgan topshiriqlar yuzasidan saylovchilarga batafsil ma'lumotlar berdi. 

Ushrashuv davomida deputat tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar va yuborilgan deputat so‘rovlari natijalari haqida hisobot taqdim etildi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy yordam va subsidiya ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, tegishli tashkilot va idoralarga yuborilishi hamda ularning ijrosi deputat nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida olib borildi. Deputat saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom ettirilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3