Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
Navqiron mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Oltiariq tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
янв.21
Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda
янв.21
Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi
янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Yangi O‘zbekiston yoshlari hayotida yangi zarvaraq

Xususan, Prezidentimiz tomonidan har doimgiday yoshlar masalasi eng dolzarb mavzu sifatida ilgari suriladi hamda doimiy ustuvor yo‘nalish sifatida qaralayotgani bois ham bugungi muloqotda ushbu mavzu yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Davlat rahbarimizning yoshlar bilan ochiq va samimiy tarzda suhbat qurishlari, yoshlarning taklif va tashabbuslarini diqqat bilan eshitishlari – demokratik jamiyat qurish yo‘lida muhim qadamdir.

Bugungi uchrashuvda aynan ta’lim sifati, bandlik masalalari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, chet tillarini o‘rganish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish kabi eng muhim dolzarb mavzular e’tibor markazida bo‘ldi.

Uchrashuvda Prezidentimizning barcha O‘zbekistonlik yoshlarga bildirgan ishonchlari va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida ta’kidlagan fikrlari har bir yigit-qizni yanada faol, tashabbuskor, izlanuvchan va mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Ayniqsa, “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” degan ezgu g‘oya bugungi uchrashuv mazmunida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Uchrashuvni shaxsan men katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdim va yana qayta yosh bo‘lgim keldi, afsus, ortga yo‘l yo‘q, ammo atrofimda men ishongan, tayangan va tarbiyalayotgan farzandlarim-yoshlar bisyor. Ularga havas bilan boqaman hamda yuragim bilan ”Siz baxtlisiz, bolam, chunki sizning ortingizda katta tog'ingiz va sizni himoya qiladigan kuchli qalqoningiz-Hurmatli Prezidentimiz bor"-deb uqtiraman. Har bir davrning o‘z ovozi, o‘z yo‘nalishi va albatta, katta mas'uliyati bor. Bugun bizning farzandlarimiz dunyodagi eng baxtiyor yoshlardir.

Uchrashuv davomida qayd etilgan turli tashabbuslar uchun keng yo‘llar, amalga oshirilish uchun imkoniyatlar va albatta, ishonch va hurmat bu yoshlarimiz uchun eng katta yutuqdir. Masalan, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilanishi ham yangi maqsadlar va uning ro‘yobi uchun katta yo‘l. Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi. Bu esa qanchadan qancha samarali yechimlar uchun yaxshi bir sharoit va qulaylikdir.

Xulosa qilib aytganda, bugungi uchrashuv nafaqat muloqot, balki yangi marralar sari dadil qadam bo‘ldi. Endilikda bu ishonch va imkoniyatlarga munosib javob berish – yoshlarning o‘z qo‘lida. Biz yoshlarimizga ishonamiz, chunki ular irodali, mustaqil fikrlaydigan, ertasiga ishonchi va umidi bor yoshlardir.

Dilbar Normuradova,

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi.