Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi raisi X.Raximov rahbarligida haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Halollik va adolat bosh mezonimiz bo'lishi lozim!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Uzumchi mahallasini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat saylovchilariga hisobot berdi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tashabbusi bilan tumandagi "Xo‘ja" mahallasining "Istiqlol" ko‘chasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

♻️Xususan, hududda beton lotoklar hamda muhandislik kommunikatsiyalari uchun mo‘ljallangan konstruksiyalar o‘rnatilmoqda. Ushbu ishlar yog‘ingarchilik suvlarini tartibli ravishda oqizish, yo‘l va piyodalar harakatini qulay, xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi. Qurilish jarayonlari belgilangan texnik talablar asosida, mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan. Kelgusida ham "Xo‘ja" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6