Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev mahallalarda sayyor qabul o'tkazdi
Yashil texnologiyalar – barqaror kelajak sari qadam

Yashil texnologiyalar – barqaror kelajak sari qadam

O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev, Qonunchilik palatasi deputati Botirali Shodiyev hamda mahalliy Kengash deputatlari Qiziltepa tumanidagi ilg‘or tajriba maydonlaridan biri bo‘lgan “Zarafshon tola” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan innovatsion qishloq xo‘jaligi loyihasi bilan tanishdilar.

O’rganish davomida deputatlar Kengsoy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, 60 gektar maydonga arpa ekilgan tajriba maydonini ko‘zdan kechirishdi. E’tiborga molik jihati shundaki, bu yerda Avstriyadan olib kelingan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi asosida suv tejamkor usulda sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ilg‘or texnologiyalar 2025-yil fevral oyida O‘zbekistonga olib kelingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida joriy etilgan.

Slide 1 of 5