Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi davolovchi markazni o‘rgandi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirdi
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi

 Bitiruvchilarning 1173 nafari oliygohda o‘qiyapti 

  

O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhining
navbatdagi eshituvida 2023-2024 o‘quv yili maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga
qamrab olinishi va
bandligini ta’minlash
yuzasidan Termiz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Ro‘ziqulovning
hisoboti eshitildi.
 

  

Termiz shahrida 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 1 ta
Prezident maktabi, 2 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 1 ta ixtisoslashtirilan
maktab,
4 ta nodavlat ta’lim muassasalari
va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023-2024-o‘quv
yilida jami 2633 nafar bitiruvchilar bo‘lib, ularning 1173 nafari oliy ta’lim muassasalariga
o‘qishga kirdi.
 

  

Eshituvda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi raisining birinchi
o‘rinbosari-apparat rahbari A.Tangirov, partiyaning Termiz shahar Kengashi deputati
A.Ashurov, Sh.Allamuratova, B.Raxmatullaev hamda bo‘lim mas’ul xodimlari ishtirok
etdi.
  

Slide 1 of 3