Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi davolovchi markazni o‘rgandi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirdi
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri o‘tkazildi

 Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri o‘tkazildi
 

22.04.2025 

🔷 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon
Dadajonova, Shuxratjon Raximov, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi Nodirbek
Karimovlar tuman Tibbiyot birlashmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida
davra suhbati o‘tkazildi.
 

🔷 Tadbirni O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimov ochib,
joriy yilning 5-mart sanasida Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishda korrupsiyani
butunlay bartaraf etish yo‘lida belgilangan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
 

🔷 Uchrashuvda O.Dadajonova “Sog‘liqni saqlash tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga
aylantirish – ustuvor vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etilib,
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan
izchil ishlar o‘z samaradorligini ko‘rsatishida har bir fuqaro birdek mas’ul ekanligi,
bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarasini oshirish maqsadida izchil
islohotlar amalga oshirilayotganligini aytib, Davlatimiz rahbari, “Korrupsiyaga
– jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarash kerakligini ta’kidlab, unga qarshi
kurashda loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
  

Slide 1 of 4