Maktab oshxonasida oziq-ovqat xavfsizligi talablari buzilgani aniqlandi
👨💼Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O'.Shukurov tomonidan o‘z saylov okrugidagi 5-umumta’lim maktabida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun moddalari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔇O‘rganish davomida maktab oshxonasida kamchiliklar aniqlandi.
✈️Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga rioya etilmayotgani, sanitariya-gigiyena talabining buzilgani mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida kamchiliklar mavjudligi kuzatildi.
✅Mazkur holat qonun 7-moddasi (oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi talablari), 10-moddasi (markirovkalash talablari) va 12-moddasi (saqlash sharoitlari) talablariga zid ekanligi qayd etildi.
✈️Aniqlangan kamchilik yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, bartaraf etish choralarini ko‘rish ta’kidlandi.